Kirill Pogrebnyak: “Lokomotiv”ga gʼoliblik ruhini qaytarishda yordam bermoqchiman”

“Lokomotiv”ning yangi futbolchisi Kirill Pogrebnyak klub matbuot xizmatiga jamoaga oʼtishi haqida gapirdi.
– “Lokomotiv” mening oldimga konkret taklif bilan chiqdi. Garchi oldimda bir necha takliflar boʼlishiga qaramasdan, “Lokomotiv” menga qiziqroq tuyuldi. Keyinchalik klub rahbariyati, murabbiylar shtabi bilan gaplashdim. Qiziqarli muloqotlar boʼldi. Klub doimo oʼz oldiga yuqori maqsadlarni qoʼyadi. Shu boisdan taklifni qabul qildim. Toshkent shahri ham menga yoqdi. Hozircha barcha jihatlar – jamoa, klub, shahar va murabbiylar shtabi haqida ijobiy fikrlar ayta olaman.

“Istiqlol”ga qarshi oʼyin omadsiz oʼtdi. Endi bu bahsni miyamizdan chiqarib tashlab, navbatdagi oʼyinlarga tayyorgarlik koʼramiz. Oʼsha kuni nimalarga qodir ekanligimizni koʼrsatish juda qiyin boʼldi. oldinga harakatlanishda davom etamiz. Ham chempionatda, ham kubok bahslarida futbolchilar oldida katta vazifalar qoʼyilgan.

“Lokomotiv”dagi asosiy maqsadim – gʼalabalarga katta hissa qoʼshib, jamoaga gʼoliblik ruhini qaytarishga yordam berish. Bu istalgan futbolchi va istalgan jamoa uchun juda muhim. Shu boisdan oldimizdagi har bir oʼyinda 100 foiz kuchimizni sarflab, maksimal natija qayd etishni istaymiz.