Andrey Fyodorov: “Vaziyatlardan unumli foydalana olmadik”

OCHL saralashi doirasida “Lokomotiv” – “Istiqlol” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov ishtirok etdi.

– Shunday sovuqda stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Har doim ham o’yinlarimizga buncha odam kelmaydi. “Istiqlol”ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Bugun yigitlarim borlarini berishdi, ularga e’tirozim yo’q. Bittagina jiddiy xavfdan so’ng gol o’tkazib yubordik. Bugun ko’plab vaziyatlar yaratdik. Faqatgina so’nggi zarbada adashdik. Umuman olganda yaxshi o’ynadik. “Istiqlol”ga keyingi o’yinlarda omad tilayman.