Bugun poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport arenasida futzal bo’yicha O’zbekiston Kubogi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi.
Unda “Lokomotiv” jamoasi mamlakatimizning grand jamoalaridan biri bo’lgan AGMKga qarshi bahs olib bordi.
Qayd etish kerak, uchrashuvning birinchi bo’limida kuchlar teng keldi, 1:1. Jamoamiz tarkibidan Abbos Elmurodov gol kiritgan bo’lsa, AGMKdan Akbar Usmonov o’z nomini tabloga yozdirib qo’ydi.
Ikkinchi bo’limda esa Ilhom Hamroyev va Husniddin Nishonovlarning kiritgan gollaridan keyin o’yin 3:1 hisobida AGMKning g’alabasi bilan yakunlandi.
O’zbekiston kubogi
“A” guruhi, 2-tur
AGMK – “Lokomotiv” 3:1
Gollar: Akbar Usmonov (19), Ilhom Hamroev (28), Husniddin Nishonov (31) – Abbos Elmurodov (19).
Kecha jamoamiz musobaqaning 1-turida “Maksam-Chirchiq” jamoasiga qarshi bahs olib borib, 2:2 hisobida durang qayd etgandi.