“Bunyodkor Kubogi-2019”. Yoshlarimiz ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi!

“Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli sun’iy maydonda “Bunyodkor Kubogi-2019” musobaqasi ham o‘z yakuniga yetdi.

Qayd etish kerak, musobaqaning finalida Saydullo Tursunov boshchiligidagi “Lokomotiv-2005” O‘zbekiston U-16 termasiga qarshi bahs olib bordi.

Garchi o‘zlaridan yoshi biroz kattaroq bo‘lsa-da, tarbiyalanuvchilarimiz terma futbolchilariga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Ammo yakunda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shunday bo‘lsa-da, qo‘lga kiritilgan natija bilan yosh tarbiyalanuvchilarimizni tabriklaymiz.