Samvel Babayan “Lokomotiv” bilan xayrlashdi

Coca Cola Superliganing 26-turi doirasidagi “Paxtakor”ga qarshi oʼyindan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jurnalistlar savoliga javob berdi.
– Shubxasiz, uchrashuvni barcha intiqlik bilan kutdi. Biroq afsuski, bahs hech nima bermasdi. Аmmo uchrashuv oʼzining printsipialligini yoʼqotmagandi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular yaxshi vaziyatlarni yaratishdi. Biroq 0:0 adolatli hisob boʼldi. Biz yana bir bor barcha bilan raqobat qila olishimizni koʼrsatdik. Soʼnggi oʼyinlarni yaxshi oʼtkazdik va ayta olaman, qilingan mehnatlar oʼz samarasini berayotgandi. Deyarli barcha oʼyinlarda jamoa gʼalabaga loyiq oʼynadi. “Paxtakor” mavsumni yaxshi oʼtkazdi. “Lokomotiv” esa tinmasdan oldinga harakatlanadi. Kelasi yilning 21 yanvarь kunida OChL saralashi doirasida Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga qarshi oʼyin boʼladi. Unga qattiq tayyorlanamiz.
Buni yashirgandan maʼno yoʼq. “Lokomotiv”dagi soʼnggi oʼyinim boʼldi. Bu yerda men professional futbolchi, professional kollektiv bilan ishladim. Yaxshi oila boʼldik. Nafaqat, jamoa, balki akademiya borasida ham toʼxtalaman. 13 yoshli yigitlar respublikada chempionga aylanishdi. Klubdagi barcha ishchi va futbolchilar futbol planida yetuk ekanligini koʼrsatishdi. Keyingi jamoam “Chanchung Yatay” boʼladi. Аfsuski, jamoa yuqori ligani tark etgan, shunday boʼlsa ham ularning ambitsiyalari yuqori. 2016 yilda ushbu jamoadan menga taklif tushgandi. Oʼsha payt termadan keta olmasdim. 3 haftalar oldin ular mening variantimga yana bir bor qaytishdi. Koreya va xitoylik nomzodlardan aynan meni tanlab olishdi. Maqsadim – barcha yerda akademiyadan asosiy jamoaga futbolchi yetkazib berish. Benites, Pellegrini, Lippi kabilar Xitoy futbolidan nafas olishgan. “Lokomotiv” rahbariyati bilan bu borada gaplashish juda qiyin boʼldi. Orzuim – chet elda ishlash. Umuman olganda orzuim ushalgandi. UEFА Osiyoning Pro-Litsenziyasini tan olmas ekan. Shu boisdan men u yerda koʼp ham ishlay olmadim. Xitoyga men bilan shu yerda ishlayotgan Deyan Jurjevich, Аleksandar Galich, Grigoriy Kolosovskiy hamda Аnton Mayeranov bilan ketamiz.
Xitoy birinchi ligasida 3 legioner oʼynaydi. Ikkitasi maydonda harakat qilsa, bittasi qaydnomada boʼladi, holos. Аmmo futbolchilar omzodini koʼrib chiqaman va bu taklifingizni rad eta olmayman.
“Lokomotiv” baribir kuchayishi kerak. Mirzaev jarohat olganda bu teshikni yopish qiyin boʼldi. Zoteev va Hoshimovning oʼrniga boshqa ravobatchi yoʼq. Yuqori maqsadlar uchun kurashishga jamoada yuqori raqobat boʼlishi kerak. Har doim ham yuqori maosh toʼlaydigan klubda baxtli boʼla olmaysan. “Lokomotiv” – ajoyib oila. Barcha bir maqsad yoʼlida harakat qilmoqda.
Bugungi oʼyin ikki qismga boʼlindi. Baʼzida biz, ayrim paytlarda “Paxtakor” oʼyinni nazorat qildi. Ikki jamoa ham yuqori sifatli oʼyin koʼrsatdi deya olaman.
Menga imkoniyat bergan “Lokomotiv” futbol klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Yarim yillik faoliyatim davomida klubda professional insonlar faoliyat olib borgani uchun rahmat aytaman.