Bugun futbol. “Navbahor” – “Lokomotiv”

Bugun Superliganing 25-tur uchrashuvlari boʼlib oʼtadi.

Ushbu mavsumda ikkinchi oʼrinni naqd qilgan “Lokomotiv” bugun Namanganda “Navbahor” mehmoni boʼladi. Jamoalar avvalgi turda ikki xil natija qayd etishdi. “Loko” safarda “Аndijon”ni yirik 4:0 hisobida magʼlub etgan boʼlsa, “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bugungi bahs “Lokomotiv”ning safardagi 13-oʼyini boʼladi. “Temiryoʼlchilar” shu paytgacha safarda uch marta gʼalaba qozonishgan: “Nasaf”, “Buxoro” va “Аndijon” magʼlub etilgan. Safar oʼyinlarida toʼplar nisbati 14-11. Qizigʼi shundaki, “Loko” safarda gʼalaba qozongan oʼyinlarda oʼz darvozasidan gol oʼtkazmagan.

Oʼz maydonida 12ta uchrashuv oʼtkazgan “Navbahor” shundan 4tasida gʼalabaga erishgan. Namanganliklar uyda “Surxon”, “Soʼgʼdiyona”, “Buxoro” va “Dinamo” klublaridan ustun kelishgan. Shuningdek toʼrttadan oʼyinda durang va magʼlubiyat qayd etilgan.

Bilasizmi? “Lokomotiv” oxirgi uch turning ikkitasini gʼalaba bilan yakunladi. “Temiryoʼlchilar” uyda “Buxoro” va safarda “Аndijon”dan ustun kelishdi. “Navbahor” esa oxirgi uch turdan beri gʼalaba qozona olmayapti. Bu jamoa hisobida ikkita durang va bir magʼlubiyat bor. Shu oʼrinda Namanganda boʼlib oʼtgan oxirgi beshta oʼyinni yodga oladigan boʼlsak, shundan uchtasida “Loko”ning qoʼli baland kelgan. Bittadan oʼyinda “Navbahor” durang va gʼalaba qayd etgan.

2018 y. Birinchi bosqich. “Navbahor” – “Lokomotiv” 0:3

2018 y. Ikkinchi bosqich. “Navbahor” – “Lokomotiv” 2:0

2017 y. “Navbahor” – “Lokomotiv” 2:2

2016 y. “Navbahor” – “Lokomotiv” 2:3

2015 y. “Navbahor” – “Lokomotiv” 2:3