“Lokomotiv”ning olti futbolchisi milliy terma jamoadan taklif oldi

Maʼlumki, 5-sentyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichidagi ishtirokini boshlaydi. Terma jamoamiz shu kuni safarda Falastinga qarshi bahs olib boradi.

OʻFA rasmiy sayti bugun terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar roʻyxatini maʼlum qildi. Jami 24 nafar futbolchi joy olgan roʻyxatdan 6 nafari “Lokomotiv” vakillari. Bular – Anzur Ismoilov, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Oleg Zoteyev, Davron Hoshimov, Oston Oʻrunov va Temurxoʻja Abduxoliqov.

Bundan tashqari “Lokomotiv” shifokorlari Abror Pirriyev, Muzaffar Xudoyberganov va massajchi Gurgen Israyelyan ham 28-avgustdan 10-sentyabrga qadar Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ixtiyorida boʻlishadi.