Temurxoʼja Аbduxoliqov: “Omad bizning tomonda boʼldi”

Coca Cola Superligasi 17-turi doirasida “Nasaf”ga qarshi oʼyindan keyin “Lokomotiv” hujumchisi Temurxoʼja Аbduxoliqov oʼz fikrlarini bildirib oʼtdi.
– “Nasaf” yosh futbolchilardan tashkil topgan ajoyib jamoa. Bugun ular yaxshi harakat qilishdi. Omad esa bizning tomonda boʼldi. Hudoga shukur, muhim oʼyinda gʼalabaga erishdik.

– Statistikaga qaraydigan boʼlsak, bugun “Nasaf” toʼpni ushlab turish borasida “Lokomotiv”dan oʼtib ketdi. Bunga nima sabab boʼldi deb oʼylaysiz?
– Har doimgidek bugun ham biz toʼpni oʼzimizda koʼproq ushlab turishni niyat qilgandik. Toʼgʼrisi bilmadim. Toʼpni raqiblarga topshirib qoʼydik, buni tan olaman.

– Yangi bosh murabbiy taktikasiga koʼnikish jarayoni qanday ketmoqda?
– Unchalik qiyin boʼlmayapti. Tarkibda yangi futbolchilar boʼlgani uchun hozirda oʼyinni shakllantirish borasida kichik qiyinchiliklar boʼlmoqda. Аmmo bu oʼtib ketadi. Bir-birimizni qoʼllab-quvvatlab, dalda boʼlib kelyapmiz.

– Soʼnggi paytlarda kam gol uradigan boʼlib qoldingiz.
– Vaziyatlardan foydalanish qiyin boʼlmoqda. Аmmo oʼyin sifatimiz unchalik yomon emas.