Samvel Babayan: “Himoya va hujum oʼrtasida muvozanat boʼlishi kerak”

Coca Cola Superligasi 17-turi doirasida “Nasaf”ga qarshi oʼtgan uchrashuvdan keyin “temiryoʼlchilar” ustozi Samvel Babayan oʼz fikrlarini bildirib oʼtdi.
– Bugungi oʼyin har tomonlama – turnir jadvalidagi holat nuqtai nazaridan, shuningdek, ruhiy holatimizni yaxshilab olish uchun ham bizga muhim edi. Ushbu raqib orqali biz qanchalik darajada sifatli oʼyin koʼrsata olishimizni koʼrib olardik. Bugungi bahs koʼrsatdiki, biz buni holatma holat yaxshilab boryapmiz. Vaziyatlarni yaratishdagi harakatlarimiz ancha chiroyli koʼrinyapti. Boshqa tomondan olib qaraganda, himoyadagi pozitsion oʼyinimiz ham yomon koʼrinish olmadi. Soʼnggi daqiqalarga qadar barcha koʼrsatmalarni toʼliq bajargani, oʼyinni tashlab qoʼymagani uchun futbolchilarimdan minnatdorman. Muxlislarni ham gʼalaba bilan tabriklayman. Faqatgina oldinga harakat qilamiz. Bugungi oʼyin davomida bir necha epizodlarda koʼrindiki, biz qaysi yoʼnalishda yurishni davom etishimizni bilib oldim.

– Raqib “Lokomotiv”ga qanchalik darajada qarshilik koʼrsatdi deb hisoblaysiz?
– “Nasaf” – yosh va iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Ular toʼgʼri yoʼldan ketishmoqda. Yildan yilga yosh yigitlar katta tajriba toʼplashmoqda. Ushbu yigitlar fonida “Nasaf” juda kuchli jamoa boʼlib koʼrinyapti. Shu boisda qarshilik muxlislarni shunday jamoasi borligi bilan tabriklab qolaman.

– Temurxoʼja Аbduxoliqov soʼnggi oʼyinlarda kam gol urmoqda. Bunga nima sabab boʼlmoqda deb oʼylaysiz?
– Bir nechta jihatlar. Oilaviy ruhiyat holati. Oʼyin davomida ruhiy holat bilan bogʼliq boʼlgan vaziyatlar boʼlib turadi. Temurxoʼja yuqori saviyali, sifatli futbolchi. Biz koʼrib, oʼzi tushunib turgan xatolarni toʼgʼrilashda ishlashda davom etamiz. U bizning asosiy hujumchimiz va u yaqin vaqtlarda oʼzining oldingi holatiga qayta oladi.

– “Lokomotiv” oʼz maydonida gol oʼtkazmasdan gʼalabaga erishyapti. Himoyachilarning oʼyinlariga yuqori baho bera olasizmi?
– Barcha jamoa hujum qilishni ham himoyada oʼynashni ham bilishi kerak. Yaxshi himoya bilan turnirlarda gʼolib boʼlish mumkin. Аmmo har doim oʼyinda muvozanat boʼlishi kerak. Bugungi bahsning soʼnggi daqiqalarida yigitlar ruxiy tomonlama ajoyib koʼrinishdi. Shuningdek, bunday pallada futbolchilarimiz natijani ushlab qolish uchun qanchalik darajada harakat qila olishini ham koʼrib oldik. Raqiblarning deyarli barcha hududlarini yopib qoʼyib, ularga vaziyat bermadik deb ayta olaman.