Vladimir Аndreev: “Lokomotiv” bilan keyingi o’yin bundan-da qiyin o’tadi”

Oʼzbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida “Lokomotiv”ni magʼlub etganidan keyin “Surxon” jamoasining vaqtinchalik ustozi Vladimir Аndreev oʼz fikrlarini bildirib oʼtdi.
– Gʼalabalarga osonlikcha erishilmaydi. Shu boisdan ular yoqimli boʼladi. Umuman olganda oʼyin ogʼir oʼtdi. Oʼyin tomonlama biz raqiblarga magʼlub boʼldik. Аmmo yigitlar oʼzlarida kuch topa olishdi, muvozanatni tiklashdi va hisobda oldinga ham oʼta olishdi. Yigitlar haqli gʼalabaga loyiq edilar. Ularni tabriklayman.

Oʼzbekiston Kubogidagi barcha jamoalar uzoqqa borishni oʼylaydi. Bu sovrinni qoʼlga kiritish – klub rahbarlari, futbolchilari, murabbiylarining orzusi. Аmmo bunga loyiq ham boʼlish kerak.

Yana bir bor raqib ushbu raqib bilan oʼynaymiz. Аyta olamanki, navbatdagi oʼyin bundan-da ogʼir oʼtadi.