Bugun futbol. “Soʼgʼdiyona” – “Lokomotiv”

Bugun Coca Cola Superligasining 14-turi doirasidagi “Soʼgʼdiyona” – “Lokomotiv” uchrashuvi boʼlib oʼtadi.

20:00da boshlanadigan uchrashuv qiziqarli va murosasiz kechishi shubxasiz. Shu oʼrinda ushbu ikki jamoaning oʼzaro uchrashuvlari tarixiga eʼtibor qaratadigan boʼlsak, “Lokomotiv” shu paytga qadar “Soʼgʼdiyona”ga qarshi 23ta bahs oʼtkazgan. Oʼzaro oʼyinlarda katta ustunlik toshkentliklar tomonida. “Lokomotiv” 17 marta gʼalabaga erishgan boʼlsa, 4 oʼyinda kuchlar teng kelgan. Jizzaxliklar 2 bora “temiryoʼlchilar”ni magʼlub etishni uddalagan holos.

“Loko” futbolchilari ushbu raqib darvozasini hozirgacha 56 marta ishgʼol etishga muvaffaq boʼlishgan. Darvozamizdan esa 11 bor toʼp oʼtkazib yuborganmiz.

“Lokomotiv”ning “Soʼgʼdiyona” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi gʼalabasi 2015 yilgi mavsum ikkinchi davrasida qayd etilgan – 7:0.

Ushbu jamoalar oʼrtasidagi ilk oʼyinda “Lokomotiv” 2:0 hisobida gʼalabaga erishgandi. Yodingizda boʼlsa, “Lokomotiv” stadionida oʼtgan bahsning 88 va 89 daqiqalarida Sardor Mirzaev hamda Jamshid Iskanderov raqib darvozasini ishgʼol qilib, jamoaga gʼalaba keltirgandi.