“Lokomotiv” PFK Azizbek Haydarov va Timur Kapadzening keyingi faoliyatiga omad tilaydi

“Lokomotiv” yarim himoyachisi Azizbek Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunladi va tez orada yangilangan OʻFAda ish boshlaydi. Bizga maʼlum boʻlishicha, Azizbek Haydarov OʻFA Terma jamoalar boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat olib boradi. “Lokomotiv”da 7-raqamda oʻynagan futbolchi jamoamizni tark etdi.

Shuningdek, birinchi davrada “Lokomotiv” U-21 yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan Timur Kapadze ham “temiryoʻlchilar” bilan xayrlashdi. Endlikda Kapadze murabbiylik faoliyatini boshqa joyda davom ettiradi. Fursatdan foydalanib “Lokomotiv” klubi rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan Azizbek Haydarov va Timur Kapadzening keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.