Samvel Babayan: “Lokomotiv” har doim oʻz oldiga yuqori maqsadlarni qoʻygan”

Liga Kubogi B guruhi 2-tur doirasidagi “Qoʻqon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Samvel Babayan ishtirok etdi.

– Bugun biz Liga kubogidagi ikkinchi uchrashuvimizni oʻtkazdik. Bugun asosan zahiradagi va yosh futbolchilarini maydonga tushirib, ularga oʻzlarini koʻrsatish uchun imkoniyat bergandik. Afsuski, magʻlubiyatga uchradik. Bugungi bahsda futbolchilarining imkoniyati chamalab oldik. Transferlar paytida kimni olib qolish va kimlarni ijaraga berish borasida shu kunlarda yakuniy xulosaga kelamiz. Bugungi natijadan qoniqmadim. Lekin futbolchilarimizning maydonda borlarini berib oʻynaganliklari tahsinga loyiq.

Bu musobaqa bizga kerak. Boshqa futbolchilariga ham oʻyin amaliyoti berish uchun ham turnir kerak deb hisoblayman. Har bir jamoaning oʻz rejasi boʻladi. “Lokomotiv” har doim oʻz oldiga yuqori maqsadlarni qoʻygan.PFL rahbarlari bilan bu borada gaplashdik. Kelasi mavsumda bu musobaqaning oʻtkazish vaqtini jamoalar bilan kelishib belgilashlariga umid qilamiz. Balkim FIFA kunlariga belgilansa yaxshi boʻlardi. Terma jamoaga chaqirilmaydigan futbolchilarga imkoniyat berilar edi.

“Qoʻqon-1912” jamoasi keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Jamoaga keyingi oʻyinlarda omad tilayman. Qoʻqonlik muxlislarga ham hurmatim baland. Ular doim jamoalarini faol tarzda qoʻllab turishadi.Ularga kelgusi oʻyinlarda ham omad tilayman