Ayollar futboli. “Lokomotiv-W”da yuksalish

Ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining birinchi bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi. “Lokomotiv” PFK soʻnggi yillarda ayollar futboliga ham alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. 2014-yil “Lokomotiv” PFK qoshida “Lokomotiv-W” ayollar jamoasi tashkil qilingan payt hozirgidek kuchli emasdi. Oʻshanda jamoa kuchlilar orasida autsayder maqomida yurardi.

Ammo oxirgi ikki yilda “Lokomotiv-W” qizlar jamoasi ancha kuchaydi. Klub rahbariyati tomonidan ayollar futboliga qaratilayotgan eʼtibor, shuningdek jamoaga Farhod Murotovning bosh murabbiy etib tayinlanishi natijasida “Lokomotiv-W” qizlari koʻrsatayotgan natijalar ijobiy koʻrinish ola boshladi.

Xususan bu yilgi chempionatning birinchi bosqichida “Lokomotiv-W” kuchli toʻrtlikka kirib, ikkinchi bosqichda ham kuchlilar bilan oʻynaydigan boʻldi. Maʼlumki, bu yilgi chempionat birinchi bosqichi ikki mintaqaga boʻlingan holda oʻtkazildi. “Lokomotiv-W” Sharqiy mintaqada 7ta jamoa orasida kurash olib bordi. Gʻarbiy mintaqada esa 8ta jamoa ishtirok etdi.

“Lokomotiv-W”ning birinchi bosqichda qayd etgan natijalari:

1-tur. “Paxtakor-W” – “Lokomotiv-W” 0:0

2-tur. “Metallurg-W” – “Lokomotiv-W” 5:1
Gol: Ergasheva Dildora

3-tur. “Bunyodkor-W” – “Lokomotiv-W” 2:0

4-tur. “Lokomotiv-W” dam oldi

5-tur. “Lokomotiv-W” – “Neftchi-W” 4:0
Gollar: Abdugʻaniyeva Jasmina (2ta), Rajabova Sohibjamol, Ergasheva Dildora

6-tur. “Lokomotiv-W” – “Navbahor-W” 2:2
Gollar: Mardiyeva Muxlisa, Ergasheva Dildora

7-tur. “Lokomotiv-W” – “Andijanka” 2:0
Gollar: Mardiyeva Muxlisa, Ergasheva Dildora.

8-tur. “Andijanka” – “Lokomotiv-W” 1:1
Gol: Suyunova Oysara

9-tur. “Navbahor-W” – “Lokomotiv-W” 1:3
Gollar: Berdiyeva Kamola (2ta), Ergasheva Dildora.

10-tur. “Neftchi-W” – “Lokomotiv-W” 1:3
Gollar: Abdugʻaniyeva Jasmina, Ergasheva Dildora, Joʻraboyeva Feruza (avtogol).

11-tur. “Lokomotiv-W” dam oldi

12-tur. “Lokomotiv-W” – “Bunyodkor-W” 2:6
Gollar: Mardiyeva Muxlisa, Abdugʻaniyeva Jasmina.

13-tur. “Lokomotiv-W” – “Metallurg-W” 0:3

14-tur. “Lokomotiv-W” – “Paxtakor-W” 1:1
Gol: Suyunova Oysara.

“Lokomotiv-W” qizlari mavsumni durang bilan boshlashdi va dastlabki uch turda gʻalaba qozona olishmadi. 5-turga kelib ilk gʻalaba qoʻlga kiritildi. Bunda “Neftchi-W” 4:0 hisobida magʻlub etildi. Umumiy hisobda “Lokomotiv-W” chempionatning 1-bosqichida 12ta oʻyin oʻtkazib, toʻrttadan gʻalaba, durang va magʻlubiyat qayd etdi. Toʻplar nisbati 19-22 koʻrinishga ega boʻldi.

Kim nechta gol urdi?

“Lokomotiv-W” tarkibida hozircha eng koʻp gol urgan Ergasheva Dildora boʻlib turibdi. Uning hisobida 6ta gol bor. Keyingi oʻrinda Abdugʻaniyeva Jasmina 4ta gol bilan bormoqda. Mardiyeva Muxlisa uch bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan boʻlsa, Berdiyeva Kamola bilan Suyunova Oysara ikkitadan gol urishdi. Rajabova Sohibjamol bir marta gol muallifi boʻldi.

Ergasheva Dildora – 6
Abdugʻaniyeva Jasmina – 4
Mardiyeva Muxlisa – 3
Berdiyeva Kamola – 2
Suyunova Oysara – 2
Rajabova Sohibjamol – 1
Joʻraboyeva Feruza (“Neftchi”, avtogol) – 1

Shunday qilib Lokomotiv-W“ chempionatning birinchi bosqichini kuchli toʻrtlikda tugatdi va ”Paxtakor-W“, ”Bunyodkor-W“ hamda ”Metallurg-W” qatorida ikkinchi bosqichga yoʻl oldi. Ikkinchi bosqichda Sharq va Gʻarb mintaqasining toʻrttadan eng kuchli 8ta jamoasi oʻzaro chempionlik uchun oʻynaydi. Oʻyinlar avgustda boshlanadi.