U-21 Birinchiligi. 1-davra yakuni. “Lokomotiv” – peshqadam!

Timur Kapadze boshchiligidagi “Lokomotiv” U-21 jamoasi birinchi davrani 28 ochko bilan peshqadam sifatida tugatdi.

Buning uchun “Loko” yoshlariga 8 gʻalaba va 4 durang kifoya qildi. Yosh “temiryoʻlchilar” mavsumning dastlabki bahsini safarda “Paxtakor” U-21 jamoasini 3:0 hisobida yengish bilan boshlashdi. Shundan soʻng ketma-ket ikkita oʻyinda durang qayd etildi.

4-turga kelib AGMK 1:0 hisobida magʻlub etilgach, keyingi ikkita bellashuvada yana omad kelmadi. 9-turdan boshlab “Lokomotiv” futbolchilarini toʻxtatishning imkoni boʻlmadi. Timur Kapadze shogirdlari qatorasiga beshta uchrashuvni gʻalaba bilan yakunlashdi. Mana shu oʻyinlardan ikkitasi yirik hisobda yakun topdi.

“Loko” futbolchilari 9-turda “Bunyodkor”ni 5:0 va 11-turda “Surxon”ni 9:0 hisobida magʻlub etishning uddasidan chiqishdi. Jamoa oxirgi besh oʻyinda 19ta toʻp kiritib, oʻz darvozasidan atigi bitta gol oʻtkazib yubordi. Umumiy hisobda esa toʻplar nisbati 27-5 koʻrinish oldi.

“Lokomotiv” U-21 jamoasining birinchi davrada qayd etgan natijalari:

1-tur. “Paxtakor” – “Lokomotiv” 0:3
Gollar: Maʼmur Ikromov (penalti), Akbar Qoʻchqorov, Vladislav Fomin.

2-tur. “Lokomotiv” – “Navbahor” 0:0

3-tur. “Lokomotiv” – “Andijon” 0:0

4-tur. “Lokomotiv” – AGMK 1:0
Gol: Mirzohid Qoʻchqorov

5-tur. “Buxoro” – “Lokomotiv” 1:1
Gol: Javohir Alijonov

6-tur. “Lokomotiv” – “Qizilqum” 0:1

7-tur. “Lokomotiv” – “Qoʻqon-1912” 2:1
Gollar: Akbar Qoʻchqorov, Vladislav Fomin.

8-tur. “Metallurg” – “Lokomotiv” 1:1
Gol: Shohruh Moʻminqulov

9-tur. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 5:0
Gollar: Azizbek Amonov (penalti), Avazbek Oʻlmasaliyev, Mirzohid Qoʻchqorov, Javohir Alijonov, Fozilxon Abdullajonov.

10-tur. “Nasaf” – “Lokomotiv” 1:2
Gollar: Javohir Alijonov, Jaloliddin Jumaboyev.

11-tur. “Lokomotiv” – “Surxon” 9:0
Gollar: Mirzohid Qoʻchqorov, Shohruh Moʻminqulov, Jaloliddin Jumaboyev (2ta), Umar Adhamzoda, Vladislav Fomin, Asadbek Islomov, Sanjar Ahadov (2ta).

12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” 0:2
Gollar: Vladislav Fomin, Akbar Qoʻchqorov.

13-tur. “Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona” 1:0
Gol: Javohir Alijonov.

Fomin va Alijonov – qoʻshaloq toʻpurar!

“Lokomotiv” U-21 safida eng koʻp gol urganlar hujumchi Vladislav Fomin bilan yarim himoyachi Javohir Alijonov boʻldi. Har ikkala futbolchi birinchi davra oʻz hisobiga toʻrttadan gol yozib qoʻydi.

Shuningdek, Akbar Qoʻchqorov, Mirzohid Qoʻchqorov va Jaloliddin Jumaboyev birinchi davrada 3-martadan raqiblar darvozasini ishgʻol qilishdi. Quyida “Lokomotiv” U-21 jamoasi safida gol urgan futbolchilar roʻyxatini keltirib oʻtamiz.

Vladislav Fomin – 4
Javohir Alijonov – 4
Akbar Qoʻchqorov – 3
Mirzohid Qoʻchqorov – 3
Jaloliddin Jumaboyev – 3
Sanjar Ahadov – 2
Shohruh Moʻminqulov – 2
Maʼmur Ikromov – 1
Azizbek Amonov – 1
Avazbek Oʻlmasaliyev – 1
Fozilxon Abdullajonov – 1
Umar Adhamzoda – 1
Asadbek Islomov – 1

Albatta, yoshlarning birinchi oʻrin bilan tanaffusga chiqishida murabbiylar shtabining mehnati katta boʻldi. Timur Kapadzega murabbiylardan Konstantin Kuznetsov, Denis Korostichenko, Anvar Jabborov, Rufat Akramxoʻjayev, jamoa shifokori Salomxon Qosimov, massajchi Abdurahim Sarimsoqov hamda administrator Bekzod Arslonov yaqindan yordam berishdi. Va albatta jamoaga “Lokomotiv” PFK rahbariyatining eʼtibori yuqoriligi boʻldi.