Yovan Jokich: “Mavsum yakunigacha ancha bor, biz ohirigacha kurashamiz”

“Lokomotiv” futbolchisi Yovan Jokich Superliga doirasida “So’g’diyona”ga qarshi o’yin oldidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

– “Dinamo”ga qarshi o’yinning birinchi bo’limida yaxshi o’ynadik. Ammo yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo’lim esa birinchisining aksi bo’ldi. Raqiblarim bizning hatolardan unumli foydalanishdi.

“So’g’diyona”ga qarshi bahs uchun tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Mashg’ulotlarda bor kuchimizni sarflayapmiz. “So’g’diyona” yaxshi jamoa ekanligini yaxshi bilamiz. Shu kuni biz uchun yaxshi o’yin bo’ladi deb o’ylayman.