Samvel Babayan: “Lokomotiv” bilan yuqori natijalarga erishmoqchimiz“

Bugun ”Lokomotiv“ majlislar zalida jamoamizning yangi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.

– Maqsadlar yuqori, men ”Lokomotiv“ bilan yuqori natijalarga erishishni niyat qilganman. Bu yerda iqtidorli futbolchilar yigʻilgan. Soʻnggi yillarda jamoada gʻoliblik ruhi ajoyib darajaga kirib borgan. Klub rahbariyatida oʻz ishining ustalari ishlaydi. Ular bilan bir oila boʻlamiz. Oʻtgan bir qancha davrim qanday oʻtganligini barcha yaxshi biladi, diskvalifikatsiya va uning bekor boʻlishi, Latviyadagi faoliyatim, ”Lokomotiv”da klub prezidenti maslahatchisi sifatida Oʻzbekistonga qaytish. Ammo tarixning bir qancha qismi feyk, adolatsizlik. Termada menga qadar ishlagan murabbiylar ham bir tarix. Bizga ayrim sifatlar yetishmadi.
Diskvalifikatsiyani bekor qilgan odamlar ham buning notoʻgʻri boʻlganini aytishdi. Keling, ushbu tarixni unutaylik. Nima yaxshi, nima yomon, buni yaxshi bilasiz. Keyinchalik holatni “Bunyodkor”ga tushuntirdik, ular buni tushunishdi va ariza yozdi. “Lokomotiv” esa meni qoʻllab quvvatladi. Ular menga ishonch bildirishdi. “Lokomotiv” futbol klubi prezidenti Mansur Qoʻchqorovich Rajabov bilan uchrashdim. U avvaliga boshqa vazifalarni qoʻygandi. Klubni, akademiyani, yosh futbolchilarni va boshqa jihatlarni yanada yangi bosqichga olib chiqish edi. Futbolchilarni maktabdan yoshlar tarkibiga, u yerdan asosiy tarkibga jalb qilish… Rahbariyatning “Lokomotiv” bosh murabbiyligi uchun ilk taklifini rad etdim. Chunki men oʻshanda oʻtgan bir yarim oy mobaynida men maktab murabbiylari bilan ancha ish qilib qoʻygandik. Uning samaralarini kuzatishim lozim edi. Umuman olganda klubning maktabi yuksalishga erisha oldi, deb ayta olaman. Turnir jadvalidagi Holatni barcha tushunib turibdi. 8 ochkolik farq juda koʻp. Ammo mavsum hali yakunlanganicha yoʻq. Har bir oʻyin “Lokomotiv” uchun muhim boʻlib qolaveradi. Biz oxirigacha kurashamiz.