“Lokomotiv” yangi murabbiy qoʻl ostida dastlabki mashgʻulotini oʻtkazdi

Xabaringiz bor, “Lokomotiv” Superliganing 12-turida “Dinamo”ga imkoniyatni boy bergach, klub murabbiylar shtabida oʻzgarish roʻy berdi.

Shu paytgacha asosiy jamoamizga ustozlik qilib kelgan Andrey Fyodorov isteʼfoga chiqib, uning oʻrniga Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlandi. Bugun “Lokomotiv” futbolchilari Samvel Vyacheslavovich qoʻl ostida dastlabki mashgʻulotni oʻtkazishdi.

Asosiy tarkib jamoamizning bugungi mashgʻuloti “Lokomotiv” stadionida olib borildi. Samvel Babayanga mashgʻulot jarayonida murabbiylar shtabiga yangi qoʻshilganlardan Grigoriy Kolosovskiy (yordamchi murabbiy), Anton Meyranov (darvozabonlar murabbiyi) va Faxriddin Isamuhamedov (jamoa maʼmuri) yordam berishdi.

Mashgʻulot qizgʻin ruhda kechdi. Futbolchilar mashgʻulotda astoydil oʻzlarini koʻrsatishga harakat qilishdi. Eslatib oʻtamiz, “Lokomotiv” navbatdagi uchrashuvni Superliga 13-tur doirasida oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona”ga qarshi oʻtkazadi. “Lokomotiv” stadionida 29-iyun kuni kechadigan bahs 18:00da start oladi.

photo_2019-06-23_20-35-17 photo_2019-06-23_20-35-22 photo_2019-06-23_20-35-26 photo_2019-06-23_20-35-31 photo_2019-06-23_20-35-36 photo_2019-06-23_20-35-39 photo_2019-06-23_20-35-43 photo_2019-06-23_20-35-46 photo_2019-06-23_20-35-49 photo_2019-06-23_20-35-53 photo_2019-06-23_20-35-58 photo_2019-06-23_20-36-03 photo_2019-06-23_20-36-09 photo_2019-06-23_20-36-12 photo_2019-06-23_20-36-16 photo_2019-06-23_20-36-22