Samvel Babayan ishtirokida matbuot anjumani o’tkaziladi

“Lokomotiv”ning yangi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirokida matbuot anjumani o’tkaziladi.

Ushbu anjuman 24 iyun, dushanba kuni soat 11:00da “Lokomotiv” stadionidagi majlislar zalida o’tkaziladi.

Ushbu matbuot anjumaniga barcha sport va futbol sohasida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni taklif etamiz.

Matbuot anjumani “Lokomotiv”ning instagramdagi sahifasida to’g’ridan to’g’ri namoyish etiladi.