Andrey Fyodorov: “Ikkinchi taymda jarohat olgan futbolchilar yo’qligi pand berdi”

“Dinamo” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuvidan so’ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov o’z fikrlarini bildirdi.
– Avvalo “Dinamo”ni g’alaba bilan tabriklayman. SHunday qiyin o’yin bo’lishini kutgandik. Raqibimiz bu yil o’z maydonida umuman yutqazmaganini bilardik. Birinchi taym o’zimiz rejalashtirgan o’yinni namoyish etdik va ko’p kuch yo’qotdik. Ikkinchi taymda esa anchadan buyon davolanayotgan futbolchilar bizga etishmadi. “Dinamo” ham, biz ham haqli ravishda gollar urdik.
Husniddin G’ofurovda kichik jarohat borligi uchun tavakkal qilmadik. Bitta turdan so’ng yozgi tanaffus bo’ladi. Davralar oralig’ida yaxshi tayyorgarlik ko’rishimiz kerak.
Bugungi bahs eng og’iri bo’ldimi? Birinchi davradagi barcha o’yin juda qiyin bo’ldi. “Bunyodkor” va AGMK bilan o’yinlarda juda qulay imkoniyatlardan foydalana olmagandik. Futbolda kim raqibida bitta ko’p gol ursa o’sha jamoa yutadi