Bugun futbol. “Dinamo” – “Lokomotiv”

Bugun Superliganing 12-tur bahslariga start beriladi. “Lokomotiv” Samarqandda “Dinamo” mehmoni boʻladi. Quyida uchrashuvga oid maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz.

“Dinamo”
– “Dinamo” turnir jadvalida 8-oʻrinni egallab turibdi. Jamoa 11ta oʻyinda 15 ochko jamgʻargan. Toʻplar nisbati 13-13.
– Bugun “Dinamo” oʻz maydonida 7-oʻyinini oʻtkazadi. Jamoa bungacha 3tadan gʻalaba va durang qayd qayd etgan. “Dinamo” hali oʻz uyida magʻlub boʻlmagan. Uydagi oʻyinlarda toʻplar nisbati 9-6.
– “Dinamo” qatorasiga oxirgi uchta uchrashuvni durang bilan yakunladi. Davron Fayziyev shogirdlari safarda “Buxoro” va “Qoʻqon-1912” hamda uyda “Qizilqum” bilan durang qayd etishdi.
– Qizigʻi shundaki, “Dinamo”ning oxirgi ikki durangi 2:2 hisobida yakun topdi.
– Yana bir maʼlumot, “Dinamo” ketma-ket oltita oʻyindan beri yutqazmayapti, bir gʻalaba va besh durang.

“Lokomotiv”
– “Lokomotiv” turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda boryapti. Jamoa 11 oʻyinda 24 ochko jamgʻardi. Toʻplar nisbati 21-8.
– Bugun “Lokomotiv” safarda beshinchi uchrashuvini oʻtkazadi. “Temiryoʻlchilar” bungacha ikki bor zafar quchib, bittadan durang va magʻlubiyat qayd etishdi. Safardagi oʻyinlarda toʻplar nisbati 4-3.
– “Lokomotiv” oxirgi ikkita oʻyinni gʻalaba bilan yakunladi. Fyodorov shogirdlari safarda “Nasaf”ni va uyda “Surxon”ni magʻlub etishdi.
– “Lokomotiv” shu paytgacha “Dinamo”ga qarshi 24 uchrashuv oʻtkazib, 11tasida zafar quchgan. Uchta oʻyin durang bilan yakun topgan va 10-marta samarqandliklarning qoʻli baland kelgan.

Oxirgi 5 oʻyin

2017-yil. “Dinamo” – “Lokomotiv” 1:5
2015-yil. “Dinamo” – “Lokomotiv” 0:1
2014-yil. “Dinamo” – “Lokomotiv” 1:2
2013-yil. “Dinamo” – “Lokomotiv” 1:0
2012-yil. “Dinamo” – “Lokomotiv” 0:1

Samarqandda boʻlib oʻtgan oxirgi besh uchrashuvning toʻrttasida “Lokomotiv”ning qoʻli baland kelgan. “Dinamo” oʻz maydonida faqat bir marta gʻalaba qozongan. Oxirgi uchrashuv 2017-yil oʻtkazilgan boʻlib, “Lokomotiv” safardan 5:1 hisobidagi gʻalaba bilan qaytgan.

photo_2019-06-21_14-46-59