Qiziq ma’lumot. “Dinamo”ning elitada o’z maydonidagi oxirgi mag’lubiyati “Lokomotiv”dan qabul qilib olingan

“Lokomotiv” Coca Cola Superligasi 12-turi doirasida safarda “Dinamo” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etish kerak, “Dinamo” jamoasi ushbu mavsum Superligada o’z maydonida birorta uchrashuvda mag’lub bo’lmadi – 3 g’alaba va 3 durang.

“Dinamo” o’tgan mavsumni Pro-Ligada o’tkazgandi. 2017 yilda esa Oliy Ligada o’ynagan. O’sha yili “Dinamo” 29-turda “Lokomotiv”ga 1:5 hisobida mag’lub bo’lgan va ushbu mag’lubiyat samarqandliklarning O’zbekistonning eng yuqori ligasida o’z maydonidagi so’nggi mag’lubiyati bo’lgandi. Ushbu g’alabadan keyin “Lokomotiv” 2017 yilgi O’zbekiston chempioniga aylangandi.