Javohir Alijonov: “O’yindan zavq oldim”

Coca Cola Superligasi 11-turi doirasida “Surxon”ga qarshi uchrashuvda ligadagi debyutini amalga oshirgan Javohir Alijonov o’zining hissiyotlari bilan o’rtoqlashdi.

“Surxon”ga qarshi bahs Superligadagi debyutimga aylandi. Bu o’yin juda qiziqarli o’tdi. Shu boisdan uchrashuvdan zavq oldim. Yirik hisob bo’lishiga qaramay, bahsning tempi yuqori edi. Shuning uchun biroz hayajonlandim. To’pga birinchi marta tekkanimdan keyin barcha hayajonlar o’tib ketdi va o’yinga kirishib keta oldim”, – dedi Alijonov.

Javohir Alijonov “Buxoro”ga qarshi o’tgan Liga Kubogi doirasidagi uchrashuvda asosiy jamoadagi debyutini amalga oshirgandi.