Andrey Fyodorov: “6 ochkolik o’yinda g’alabaga erishdik”

“Lokomotiv” – “Surxon” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “temiryoʻlchilar” ustozi Andrey Fyodorov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
– Barchani gʻalaba bilan tabriklayman. Jamoaning bugungi oʻyini va natijasidan mamnunman. Uzoq vaqt davomida murabbiylar shtabi ushbu sxemada ishlamagandi. Undan tashqari, Andrey Gennadyevichning oʻzi ham bu yerda anchagina vaqt faoliyat olib borgan, jamoaning ichki muhiti borasida xabarga ega. Oʻyinning boshida biz raqibdan koʻra hujumda kamroq oʻynadik, agressiv boʻlmadik. Ammo shunday boʻlsa ham, raqibga yaxshigina muammolar tugʻdira oldik. Keyinchalik yaxshi oʻyin koʻrsatdik. Oʻyin 6 ochkolik boʻldi. Bugun gʻalabaga erishganimiz juda ham yaxshi ish boʻldi.

Islom Toʻxtaxoʻjayev: – Hisob 5:1, bunga qarab koʻpchilik bahs biz uchun oson oʻtgan deb oʻylaydi, ammo bunday emas. Oʻyin qiyin boʻldi. Dastlabki ikki golni urib olganimiz uchun barchasi yaxshi kechdi.