“Lokomotiv” futzal klubi “Paxtakor”ni yirik hisobda magʻlub etdi

Bugun futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining 4-tur uchrashuvlari davom ettirildi. “Lokomotiv” futzal klubi navbatdagi tur bahsini “Paxtakor”ga qarshi oʻtkazib yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Oʻyinda “temiryoʻlchilar”dan Farhod Abdumavlonov ikki bor toʻp kiritgan boʻlsa, Konstantin Sviridov va Nodir Eliboyev oʻz hisoblariga bittadan gol yozib qoʻyishdi. Shu tariqa Ahad Yusupov shogirdlari navbatdagi uchrashuvni ham uch ochko bilan yakunlashdi. Ushbu gʻalaba bilan futzalchilarimizni tabriklab qolamiz.

photo_2019-06-12_18-37-00