“Lokomotiv” “Qizilqum” bilan durang oʻynadi

FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda “Lokomotiv” va “Qizilqum” jamoalari oʻzaro kuch sinashishdi.
Avvaliga, 4-daqiqada Igor Yelich oʻz jarima maydonchasi ichida toʻpni qoʻli bilan oʻynagani uchun belgilangan penaltini Eldor Boymatov darvozaga aniq yoʻlladi.
Oradan bir daqiqa oʻtib, Javohir Alijonov hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqt davomida tomonlar gol kirita olishmadi.

“Lokomotiv” – “Qizilqum” 1:1
Gollar: Javohir Alijonov (5) – Eldor Boymatov (4-pen.)
“Lokomotiv”: 12. Mamur Ikromov, 78. Umar Adxamzoda, 23. Yovan Jokich, 88. Igor Yelich, 52. Jaloliddin Jumaboyev, 7. Azizbek Haydarov, 8. Jamshid Iskanderov, 72. Boburbek Ergashev, 17. Xusniddin Gʻofurov, 75. Vladislav Fomin, 25. Javohir Alijonov.
“Qizilqum”: 22. Artyom Makosin, 14. Fayzullo Qambarov, 44. Maqsud Karimov, 25. Azizbek Usmonov, 17. Salim Mustafoyev, 23. Sherali Joʻrayev, 18. Eldor Boymatov, 4. Erkin Boydullayev, 19. Mirjalol Qosimov, 7. Murod Bobojonov, 99. Medina Smit.

“Lokomotiv” Superligadagi navbatdagi uchrashuvni 15-iyun kuni oʻz maydonida “Surxon” jamoasiga qarshi oʻtkazsa, “Qizilqum” shu kuni “Soʻgʻdiyona”ni qabul qiladi.