“Lokomotiv”ning may oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlaymiz

May oyi ham yakunlanib, mavsumning qizgʻin pallasiga yaqinlashib kelyapmiz.
Endi may oyi sarhisobini tuzsak. “Lokomotiv” may oyida 5 oʻyin oʻtkazdi: 3 gʻalaba, 1 durang, 1 magʻlubiyat.
Ushbu oyda hujumchi Timurxoʻja Abduxoliqov 5 gol kiritdi va oʻz nomiga bir hammualliflikni yozdirib qoʻydi. Shuningdek, “Buxoro”ga qarshi bahsda dubl qayd etgan Azizbek Amonov jamoamizga ajoyib gʻalabani taqdim qildi. Husniddin Gʻofurov 3 bora gollarga hammualliflik qildi. Sardor Mirzayev va Diyorjon Turopov ham muhim gollarni kiritishdi. Aynan ular yakunlangan may oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun kurash olib borishadi.

Ovoz berish uchun manzil: t.me/pfc_lokomotiv

photo_2019-06-06_13-51-40