Bugun futbol. “Nasaf” – “Lokomotiv”

Bugun, 26 may kuni Qarshidagi markaziy stadionda Superliganing 10-turidan oʼrin olgan “Nasaf” – “Lokomotiv” bahsi boʼlib oʼtadi.

Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. Quyida oʼyinga oid baʼzi maʼlumotlarni keltirib oʼtamiz.
“Nasaf”
– “Nasaf” turnir jadvalida 14 ochko bilan 5-oʼrinni egallab turibdi. Jamoaning toʼplar nisbati 14-9.
– Bugun “Nasaf” oʼz maydonida 6-uchrashuvini oʼtkazadi. Ortda qolgan besh oʼyinda qarshiliklar 3 marta gʼalaba qozonib, bittadan durang va magʼlubiyat qayd etishdi.
– “Nasaf” oʼz uyida 10ta gol urib, 3ta toʼp oʼtkazib yuborgan.
– “Nasaf” oxirgi toʼrtta oʼyindan beri magʼlubiyatga uchramayapti.
– Oxirgi toʼrtta bellashuvda Roʼziqul Berdiev shogirdlari uch marta gʼalaba qozonib, bir bor durang oʼynashdi.
– “Nasaf” oxirgi ikki turni Qarshida oʼtkazib, “Qizilqum” bilan 1:1 oʼynadi va “Qoʼqon-1912″ni 2:0 hisobida magʼlub etdi.
– “Nasaf”ning eng yaxshi toʼpurari Xumoyun Murtazoev boʼlib turibdi, uning hisobida 7ta gol bor.

“Lokomotiv”
– “Lokomotiv” musobaqa jadvalida 18 ochko bilan ikkinchi oʼrinda boryapti. Jamoaning toʼplar nisbati 15-7.
– “Lokomotiv” shu paytgacha safarda 3ta oʼyin oʼtkazib, bittadan gʼalaba, durang va magʼlubiyat qayd etdi.
– “Lokomotiv” safar oʼyinlarida uchta gol urib, oʼz darvozasidan ham shuncha gol oʼtkazgan.
– “Lokomotiv” oxirgi uchta oʼyinni durang bilan yakunladi. “Temiryoʼlchilar” safarda “Metallurg” va uyda “Qoʼqon-1912”, “Bunyodkor”ni yenga olishmadi.
– “Loko” oxirgi marta 6-turda gʼalaba qozongan. Jamoa oʼz maydonida “Qizilqum”ni 3:1 hisobida yengdi.
– “Lokomotiv” shu paytgacha “Nasaf”ga qarshi 28 oʼyin oʼtkazib, shundan 9tasida gʼalabaga erishgan.
– “Loko”ning Superligadagi eng yaxshi toʼpurari Temurxoʼja Аbduxoliqov boʼlib turibdi. Uning hisobida 6ta gol bor.

Oxirgi 5 oʼyin

2018 y. “Nasaf” – “Lokomotiv” 2:1
2017 y. “Nasaf” – “Lokomotiv” 2:0
2016 y. “Nasaf” – “Lokomotiv” 1:2
2015 y. “Nasaf” – “Lokomotiv” 1:0
2014 y. “Nasaf” – “Lokomotiv” 2:5

Qarshida boʼlib oʼtgan oxirgi beshta oʼyinning uchtasida maydon egalari zafar quchgan. Shuningdek, ikki bor “Loko” gʼalaba bilan qaytgan. Hozircha durang qayd etilmagan. Toʼplar nisbati 8-8.