Superliga. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” oʻyiniga oid maʼlumotlar

Bugun Superliganing 9-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” – “Bunyodkor” bahsi boʻlib oʻtadi.

TTZ dahasidagi “Lokomotiv” stadionida kechadigan bahs soat 18:45da boshlanadi. Muborak Ramazon oyi munosabati bilan stadionga keladigan muxlislar uchun “Lokomotiv” PFK tomonidan iftorlik tashkil etiladi.

Quyida ushbu oʻyinga doir baʼzi maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz.

“Lokomotiv”
– “Lokomotiv” turnir jadvalida 17 ochko bilan ikkinchi oʻrinda boryapti. Jamoa 5ta oʻyinda gʻalaba qozonib, ikki bor durang oʻynagan va bir marta magʻlubiyatga uchradi.
– “Lokomotiv” bugun oʻz maydonida 6-oʻyinini oʻtkazadi. Bungacha “temimryoʻlchilar” uyda 4ta gʻalabani qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, bitta oʻyin durang bilan yakun topdi. Toʻplar nisbati 12-4.
– “Lokomotiv” oxirgi ikki turda durang qayd etdi. Jamoa Toshkentda “Qoʻqon-1912” va Bekobodda “Metallurg” bilan durang oʻynadi.
– “Lokomotiv” shu paytgacha “Bunyodkor”ga qarshi 25 bor maydonga tushib shundan 9tasida gʻalaba qozongan.
– “Lokomotiv”ning “Bunyodkor” ustidan eng yirik gʻalabasi 3:0 (2015 yil qayd etilgan).

“Bunyodkor”
– “Bunyodkor” ortda qolgan 8ta turdan soʻng 13 ochko bilan 3-oʻrinni egallab turibdi. Jamoa 4 marta gʻalabaga erishib, uch bor magʻlub boʻldi, shuningdek bitta oʻyinda durangga erishdi.
– Mehmonda ochko yigʻish boʻyicha “Bunyodkor” ikkinchi oʻrinda boryapti. “Qaldirgʻochlar” beshta safar oʻyinida 7 ochko toʻplashdi.
– 3-5 turlar orasida qatorasiga uchta oʻyinda gʻalaba qozongan “Bunyodkor” shundan soʻng yana uchta oʻyin oʻtkazib, faqat bittasida gʻalaba qozondi. Jamoa oʻtgan tur “Qoʻqon-1912”ni magʻlub etdi.
– Ayni paytda “Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov hisoblanadi va bu mutaxassis oʻz paytida “Lokomotiv”ni ham boshqargan.
– “Bunyodkor” bungacha “Lokomotiv”ga qarshi 25 oʻyin oʻtkazgan boʻlib, shundan 10tasida zafar quchgan.

Oxirgi 5 oʻyin

2018 yil. Ikkinchi bosqich. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 2:1
2018 yil. Birinchi bosqich. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:1
2017 yil. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:2
2016 yil. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 0:0
2015 yil. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:0

“Lokomotiv” stadionida boʻlib oʻtgan oxirgi beshta oʻyinning 4tasida “temiryoʻlchilar”ning qoʻli baland kelgan. Yana bitta uchrashuv 0:0 hisobida yakun topgan. Toʻplar nisbati 11-4, “Loko” foydasiga. Oxirgi beshta oʻyinning birortasida “Bunyodkor” safarda gʻolib chiqa olmagan.