“Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvida muxlislar uchun iftorlik tashkil etiladi

Ertaga, 17 may kuni “Lokomotiv” Coca Cola Superligasining 9-turi doirasida “Bunyodkor” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Har doim yuqori saviyada, keskin va murosasiz oʻtib kelgan Toshkent derbisi ertaga 18:45da start oladi. Ramazon oyida barcha muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ertaga boʻladigan ajoyib oʻyinning tanaffus vaqtida roʻzadorlarga iftorlik tashkil etiladi.

Barcha futbol muxlislarini “Lokomotiv” stadioniga taklif etamiz.