“Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari: Ikkinchi ligada nima gap?

Maʼlumki, “Lokomotiv” futbol klubi oʻz tarbiyalanuvchilariga ham katta eʼtibor qaratib keladi.

Bugungi kunda Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi (TFA) tomonidan uchta katta rasmiy musobaqa oʻtkazilmoqda. Ushbu musobaqalarning barchasida “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishyapti.

TFA oʻtkazayotgan musobaqalar:
1. Toshkent shahar ikkinchi ligasi
2. Toshkent shahar U-18 birinchiligi
3. Toshkent shahar chempionati (2003-2008lar oʻrtasida)

Bundan buyon musobaqalarning har biriga alohida toʻxtalib borishga harakat qilamiz. Eng avvalo Toshkent shahar ikkinchi ligasi haqida fikr bildiradigan boʻlsak, bunda 16ta jamoa ishtirok etyapti.

“Lokomotiv” ikkita tarkib bilan qatnashyapti: “Lokomotiv-A” va “Lokomotiv-B”. “Lokomotiv-A” bosh murabbiyi Alisher Bozorov hisoblansa, “Lokomotiv-B”ga Yuriy Vintovkin murabbiylik qilmoqda. Quyida har ikki jamoamizning 1-6 turlar mobaynida qayd etgan natijalarini keltirib oʻtamiz.

“Lokomotiv-A” oʻtkazgan oʻyinlar:
1-tur. TFA – “Lokomotiv-A” 1:6
2-tur. “Lokomotiv-A” gʻ “Bunyodkor” 4:1
3-tur. “Spartak UzMU” – “Lokomotiv-A” 3:2
4-tur. “Lokomotiv-A” – “Chigʻatoy” 5:2
5-tur. BOʻSM-16 – “Lokomotiv-A” 1:2
6-tur. “Lokomotiv-A” – “Paxtakor” 4:4

“Lokomotiv-B” oʻtkazgan oʻyinlar:
1-tur. “Bunyodkor” – “Lokomotiv-B” 5:1
2-tur. “Lokomotiv-B” – “Spartak UzMU” 3:2
3-tur. “Chigʻatoy” – “Lokomotiv-B” 0:2
4-tur. “Lokomotiv-B” – BOʻSM-16 1:1
5-tur. “Paxtakor” – “Lokomotiv-B” 3:1
6-tur. “Lokomotiv-B” – RSSHIOR 3:3