Andrey Fyodorov: “Parvoz va ob-havo ham biroz tasir ko’rsatdi”

“Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so’ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o’tdi:
 – Kutganimizdek, o’yin ancha qiyin o’tdi. Bundan oldin CHempionlar ligasi doirasida o’yin o’tkazganimizning tasiri ham biroz sezildi. Har holda parvoz va ob-havo ham biroz tasir ko’rsatdi. Bugungi o’yinga tanlagan taktikamiz o’zini to’la oqlashi uchun bizga raqib darvozasining ishg’ol etilishi etishmadi. Juda ko’p sonli yaratilgan qulay imkoniyatlar ko’kka sovurildi. Agar shu vaziyatlardan birortasini ijobiy yakunlaganimizda, bizga biroz osonroq bo’lar edi, – dedi mutaxassis.