“Lokomotiv” 5-turda “Al Vahda”ga magʻlub boʻldi va OCHL pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini yoʻqotdi

Bugun jamoamiz Abu-Dabida OCHL 5-turi doirasida “Al Vahda” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida magʻlub boʻldi, guruh bosqichidan chiqish imkoniyatlarini yoʻqotdi.

“Al Vaxda” – “Lokomotiv” 3:1
Gollar: Timurxoʻja Abduxolikov (48, 0:1), Sebastyan Tangliabyue (59, 1:1), Leonardu (77, 2:1), Xalil (90, 3:1).

“Al Vaxda”: 1. Muxammad al-Shamsi, 2. Muxammad al-Menxali, 8. Xamdan al-Kamoli, 10. Ismoil Matar, 11. Sebastyan Tagliabyue, 15. Nozim al-Maazm, 23. Rim Chang Vu, 37. Axmad al-Mexrzi, 42. Leonardo, 52. Xussayn Abbos, 77. Xalil Ibroxim.

“Lokomotiv”: 35. Javoxir Ilyosov – 33. Oleg Zoteyev, 5. Anzur Ismoilov, 88. Igor Yelich, 24. Davron Xoshimov – 23. Yovan Jokich, 7. Azizbek Xaydarov (s), 71. Arslanmurat Amanov, 10. Sardor Mirzayev, 17. Xusniddin Gofurov – 11. Timurxuja Abduxolikov.
Zaxiradagilar: 12. Maʼmur Ikromov, 8. Jamshid Iskanderov, 9. Filipp Rayevas, 14. Azizbek Amonov, 19. Avazbek Oʻlmasaliyev, 72. Boburbek Ergashev, 77. Diyorjon Turopov.