Javohir Ilyosov – “Metallurg” bilan oʻyin, tayyorgarlik va eng yaxshi koʻrgan darvozaboni haqida

“Lokomotiv” darvozaboni Javohir Ilyosov Coca Cola Superliganing 8-turi doirasida “Metallurg”ga qarshi oʻyinoldi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

– “Metallurg”ga qarshi oʻyindan oldingi fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz…
– “Metallurg” bilan yaxshi oʻyin boʻladi. Nafaqat “Metallurg”, balki, boshqa jamoalar bilan oʻtgan oʻyinlar ham qiyin oʻtdi. Navbatdagi uchrashuvlar ham murakkab oʻtishi aniq. Superligada oddiy bahslar oʻtmayapti. “Metallurg” yaxshi jamoa, ularga qarshi oʻtadigan bahsga yaxshi tayyorgarlik koʻryapmiz. Garchi OCHLda magʻlubiyatga uchragan boʻlsak-da, jamoadoshlarimning kayfiyati yaxshi holatda.

– “Lokomotiv”ga oʻtish hayotingizda nimalarni oʻzgartirdi?
– “Lokomotiv”ga oʻtishim faoliyatimda katta oʻzgarishlarga olib keldi. Chunki barcha futbolchilar chempion jamoada oʻynash yoqimli. Men ham yoshligimdan chempion jamoa tarkibida oʻynashni maqsad qilgandim. Orzularimga erishyapman. Endi kelgusida yaxshi oʻyinlar koʻrsatib, “Lokomotiv” muxlislarini xursand qilmoqchiman.

– Qaysi darvozabonning oʻyinlariga muxlissiz?
– “Tottenxem” va Fransiya termasi darvozaboni Ugo Lyorisning oʻyinlari menga yoqadi. Har doim uning oʻyinlarini koʻrib, undan oʻrganishga harakat qilaman.

– Nega aynan darvozabonlikni tanlagansiz? Darvozabon boʻlishga sizni nima undagan?
– Yoshligimdan koʻrib, darvozabonlikka qiziqqanman. Yoshligimda Iker Kasilyasning oʻyinlarini kuzatib yurib, koʻchalarda, asfaltlarda futbol oʻynab, oyoqlar shilinguncha toʻp tepardik. Keyinchalik futbol maktabiga bordim va asta-sekin ulgʻayib, orzularimga erishmoqdaman.
photo_2019-05-10_22-35-13