“Lokomotiv” Liga Kubogida “Paxtakor” bilan bitta guruhda

Bugun ilk bor oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Liga Kubogi oʻyinlariga qurʼa tashlash marosimi oʻtkazildi. Qurʼa natijalariga koʻra, “Lokomotiv” B guruhidan joy oldi. “Temiryoʻlchilar” guruh oʻyinlarini “Buxoro”, “Qoʻqon-1912” va “Paxtakor”ga qarshi oʻtkazishadi.

Musobaqa nizomiga koʻra, guruh bosqichi uchrashuvlari bitta oʻyindan iborat boʻladi. “Lokomotiv” 1-turni oʻz maydonida “Buxoro”ga qarshi oʻtkazadi. 2 va 3-turlarda esa safarda “Qoʻqon-1912” bilan “Paxtakor” mehmoni boʻladi.

Oʻzbekiston Liga kubogi-2019 taqvimi:
1-tur – 31 may va 1 iyun
2-tur – 2 va 3 iyul
3-tur – 6 va 7 iyul
1/4 final – 14 avgust
1/2 final – 25 va 26 sentyabr
Final – 3 noyabr

Liga Kubogida jami 16ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar toʻrttadan toʻrt guruhga boʻlingan. Ushbu musobaqa klublar uchun koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlish maqsadida tashkil qilinmoqda.

photo_2019-05-09_20-07-58-2

Oʻzbekiston Liga Kubogi. Qurʼa natijalari

photo_2019-05-09_20-08-32

Oʻzbekiston Liga Kubogi. Qurʼa natijalari