Andrey Fyodorov: “Al Vahda”ni tabriklayman”

“Al Vahda”dan uchralgan magʻlubiyatdan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov matbuot anjumanida qatnashdi.

– “Al Vahda”ni gʻalaba va pley-off bosqichiga chiqqani bilan tabriklayman. Oʻtkazilgan ilk golga qadar biz yaxshi oʻynayotgandik. Ammo goldan keyin konsentratsiyani yoʻqotdik va shu boisdan gollarni oʻzimiz yaratib berdik. Holat shungacha yetib borgandiki, bizga faqatgina gʻalaba va uch ochko kerak edi. 1:1dan keyin oldinga katta kuchni tashladik va himoya chizigʻini ochib qoʻydik. Ikkinchi goldan keyin holatimiz ogʻirlashib ketdi. Yaxshi himoyalanayotgan raqibning darvozasi qarshisida bir necha vaziyatlar yaratib, hisobni tenglashtirishmiz ham mumkin edi. Urmadik, evaziga uchinchi golni oʻtkazib yubordik.