Andrey Fyodorov: “Oʻyin biz istagandek oʻtmadi”

“Lokomotiv” – “Qoʻqon-1912” (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov qatnashdi.

– Bunday oʻyinni muhokama qilish qiyin. Bugungi oʻyin biz istagandek oʻtmadi. Soʻnggi daqiqalardagi penalti tufayli ochko yoʻqotganimiz juda alamli boʻldi. Agarda biz vaziyatlardan foydalana olganimizda oʻyin ertaroq yakunlanardi. Futbol shunday, vaziyatdan foydalanmasang, sening darvozangni ishgʻol qilishadi.