Superliga yakunlanishiga 2 tur qoldi.”Paxtakor”ga qarshi o’yinda g’alaba golini urgan Temurxo’ja Abduxoliqov to’purarlar poygasida Lyupcho Doriyev bilan peshqadam bo’lib oldi.
Qayd etish kerak, ushbu mavsum Superligada Temurxo’ja Abduxoliqov raqib darvozasi tomon 76ta zarba yo’llagan. Shularning 33tasi darvoza tomon aniq borgan.
Shu jumladan, 33 zarbaning 15tasi golga aylangan. Unga buncha gol urish uchun 12,5 xG yetarli bo’lgan.

