🚂 “Lokomotiv” PFK bayonoti

👉 Bugun “Lokomotiv” stadionida Superliga 26-turdan o‘rin olgan “Lokomotiv” – OKMK uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Soat 16:00da boshlanadigan bahsning tanaffus vaqti muxlislar uchun “Omadli chipta” yutuqli lotereya o‘ynaladi.

👉 Rejaga ko‘ra, o‘yindan keyin blogerlar ishtirokida 15 daqiqalik ikki taymdan iborat futbol-shou bo‘lishi kerak edi. Bu loyiha stadionga yanada ko‘p muxlislarni jalb etish hamda ko‘tarinki kayfiyatni yuzaga keltirish maqsadida qilingandi.

👉 Lekin bizga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, o‘yindan keyin UNWANTED SHOW o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Yuzaga kelgan vaziyat uchun muxlislardan uzr so‘raymiz.

👉 “Lokomotiv”ga befarq bo‘lmagan ishqibozlarni soat 16:00da boshladigan o‘yinimizda kutib qolamiz.