🔥 Ikkinchi Liga jamoamiz chempion bo‘lishga yaqin

👉 Toshkent shahar Ikkinchi Ligasida ishtirok etayotgan “Lokomotiv” futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari tez orada chempionlikni qo‘lga kiritishlari mumkin.

⚽️ 8-oktyabr kuni “Do‘stlik-B” jamoasi bilan bahs olib borgan futbolchilarimiz 2:0 hisobida zafar quchib, o‘z hisoblaridagi ochkolarni 72taga yetkazib olishdi. Va eng yaqin ta’qibchi TFAdan 14 ochkoga o‘zib ketishdi.

🚂 “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari shu paytgacha o‘tkazilgan 29ta o‘yinning 23tasini g‘alaba bilan tugatishgan. Ayni paytda ushbu jamoamizga Sarvar Otaboyev murabbiylik qilmoqda va jamoa o‘zagini 2009-yilda tug‘ilgan futbolchilar tashkil etadi.

✅ Agar jamoamiz Ikkinchi Liga chempionligini qo‘lga kiritsa, bu voqea futbol maktabimiz uchun katta ahamiyat kasb etadi.

👉 Chempionat tugashiga 5ta tur qoldi. Keyingi bahslarda ham yosh “temiryo‘lchilar”ga omad tilab qolamiz.👍