ℹ️ “Lokomotiv” – “Neftchi”: uydagi o‘yinlarda kimlar gol urgan❓

“Lokomotiv” shu paytgacha o‘z maydonida “Neftchi” bilan O‘zbekiston chempionati doirasida 15 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shundan 9tasida g‘alaba qozongan. Uydagi o‘yinlarda “temiryo‘lchilar” 34 marta raqib darvozasiga to‘p kiritishgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarda Marat Bikmayev 5ta gol bilan eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgan. Bikmayev 2014-yil bitta, 2016-2017-yillarda 2tadan gol urgan.

Shuningdek, Marsel Idiatullin hisobida 3ta gol bor. Idiatullin 2008-yil uch bor bu jamoa darvozasiga to‘p kiritgan.

Ayni payt “Lokomotiv”da faoliyatini davom ettirayotgan Temurxo‘ja Abduxoliqov ikki bor farg‘onaliklar darvozasiga gol urgan. Quyida “Loko”ning barcha gol mualliflarini keltirib o‘tamiz.

5 – Marat Bikmayev
3 – Marsel Idiatullin
2 – Temurxo‘ja Abduxoliqov
2 – Olim Navkarov
2 – Aram Voskanyan
1 – Timur Vasilyev
1 – Muzaffar Umrzoqov
1 – Jora Oganesyan
1 – Gʻulom Halimtoyev
1 – Viktor Klishin
1 – Timur Yafarov
1 – Rustam Boqiyev
1 – Ivan Nagayev
1 – Aleksandr Shadrin
1 – Islom To‘taxo‘jayev
1 – Aleksandr Geynrix
1 – Alisher Shog‘ulomov
1 – Damir Koyashevich
1 – Kaxi Maxaradze
1 – Diyor Turopov
1 – Timur Kapadze
1 – Jaloliddin Jumaboyev
1 – Ivan Rogach
1 – Sardor Abdunabiyev
1 – Jahongir Mehmonov (avtogol)