Aleksandar Shushnyar “Andijon”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

“Lokomotiv” himoyachisi Aleksandar Shushnyar O‘zbekiston Superligasining navbatdagi turida “Andijon”ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Avstraliyalik markaziy himoyachi “Paxtakor”ga qarshi kechgan bahsda sariq kartochka oldi. Bu uning joriy mavsumdagi to‘rtinchi ogohlantirishi bo‘lib, amaldagi intizom qoidalariga ko‘ra, u avtomatik ravishda bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Shu tariqa, Shushnyar chempionatning keyingi turida “Andijon”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.