Jamoamiz bosh murabbiyi Mirko Yelichichning “Lochin”ga qarshi o’yindan keyingi fikrlari.
– Raqiblarga gap yo‘q. Ular jismonan yaxshi futbol namoyish qilishdi. Shuni hisobga olgan holda kurashlarga tayyor turgandik. Mag‘lub bo‘lish alamli. Demak, ruhan ushbu o‘yinga tayyor bo‘lmaganmiz. Ikkinchi bo‘limda anchagina qo‘shgandik, biroq bu ham yetmadi. Bizning o‘yin sifatimiz esa o‘zimiz istagandek bo‘lmadi.
– “Lochin”ni himoyasi haqida fikrlaringiz. Raqib jamoa qanday himoyalandi?
– Yaxshi, yomon emas. Ularda tezlik bor, yaxshi kurashishdi. Bizda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, biroq ular gol o‘tkazishmadi. Bir vaziyatda fol berilishi kerak edi, lekin bu ham bo‘lmadi. Jismonan kuchli futbolchilar yaxshi kurashishdi.

