Bir qancha yangiliklar 📰

Superliganing mart oyidagi uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Dastlabki 4 uchrashuvda jamoamiz 2 g’alaba va 1tadan durang hamda mag’lubiyat qayd etdi.

Ushbu oyda bir qancha e`tiborli hodisalar ro’y berdi.

photo_2026-03-24_23-43-35

👉 Quvonchbek Abrayev “Lokomotiv” tarixida Superligada gol urgan eng yoshi kichik futbolchilardan biri bo’ldi va reytingda 4-o’rinni egalladi. 1-turda “Surxon” darvozasini ishg’ol qilgan vaqtda u 19 yosh 39 kunlik edi.

Ro’yxatda Quvonchbekdan tepada ushbu futbolchilar o’rin olgan:
Shodiyor Shodiboyev “Qizilqum”ga 4:2 – 18 yosh 4 oylik 27 kunlik
Ali Abdurahmonov “Metallurg”ga 1:1 – 18 yosh 7 oylik va 11 kunlik
Oston O’runov “Andijon”ga 4:0 – 18 yosh 11 oy 5 kunlik

Qayd etish kerak, Quvonchbek Abrayev “Lokomotiv”ning Proligadagi eng yosh gol urgan futbolchisi hisoblanadi.

photo_2026-03-24_23-43-43

©️ Anzur Ismoilov “Lokomotiv” tarixida Superligada gol urgan eng Yoshi katta futbolchi bo’ldi. Capitano “Mash`al” darvozasini ishg’ol qilgan kuni 40 yosh 337 kunlik edi. Anzur akada o’z rekordini yangilash imkoniyati mavjud.

photo_2026-03-24_23-43-47

👉 Diyorjon Turopov “Lokomotiv”dagi 160-o’yinini o’tkazdi. Jamoamiz yarim himoyachisi “Lokomotiv”dagi 8 yillik faoliyati davomida umumiy hisobda 160-bahsida ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvlarda Turopov 19 gol va 20 assist qayd etgan.