⚽️ Superliga 3-turdan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” bahsida jamoamiz yetakchisi va sardori Anzur Ismoilov jarohat olib 14-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Natijada uning o‘rniga Shuhrat Muhammadiyev o‘yinni davom ettirdi.
👉 Anzur Ismoilovning hozir holati qanday? U keyingi bahsda maydonga tushadimi? “Lokomotiv” tibbiy shtabi futbolchimizning holati bo‘yicha ma’lumot berdi:
– Anzurda o‘yin payti son orqa mushagining jarohatlanishi kuzatildi. Futbolchimiz bugun chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Shundan so‘ng aniq tashxis, davo rejasi va safga qaytish muddatlari belgilab olinadi.

