⚽️ 2021-yilning 28-sentyabr kuni Madridda Tibo Kurtua darvozasiga to‘p kiritgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev “Lokomotiv” PFK bilan shartnoma imzoladi.
🚂 Endilikda mohir yarim himoyachi “temiryo‘lchilar” sharafini himoya qiladi.
✅ Ma’lumot uchun, Jasur Yaxshiboyev 24.06.1997 kuni Toshkent viloyati, Chinoz tumanida tug‘ilgan. Bo‘yi 178 sm, vazni 71 kg.
👉 Yaxshiboyev faoliyati davomida “Paxtakor”, “Navbahor”, OKMK, Qozog‘istonning “Ordabasi”, Belarusning “Shaxtyor” va “Energetik-BGU”, Moldovaning “Sherif”, Polshaning “Legiya” hamda Eronning “Nassaji” klublarida to‘p tepgan.
✅ Jasur Yaxshiboyevga “Lokomotiv” safiga xush kelibsan deb qolamiz. Omad yor bo‘lsin! 💪


