Antaliyadagi beshinchi nazorat o’yinida g’alaba!

Yangi mavsum uchun tayyorgarlikni Antaliyada davom ettirayotgan jamoamiz yig’in doirasidagi beshinchi nazorat o’yinini o’tkazdi.

Ruminiyaning “ASA Targu Muresh” jamoasi raqiblik qilgan bahsda jamoamiz 3:2 hisobida g’alabaga erishdi.

Uchrashuvda Temurxo’ja Abduxoliqov dubl qayd etgan bo’lsa, Sardor Mirzayev ham raqib darvozasini ishg’ol etdi.

“Lokomotiv” – “ASA Targu Muresh” 3:2
Gollar: Temurxo’ja Abduxoliqov (31, 55), Sardor Mirzayev (40) – Okan Chatziterzoglou (80), Krishtian Magureshan (90).

photo_2026-02-11_19-46-55