Ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsum uchun tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz nafaqat yig’indagi, balki, yildagi ilk nazorat o’yinini o’tkazdi.
“Qiziljar” jamoasiga qarshi o’tgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 15-daqiqada Oleksandr Kucherenkoning avtogoli evaziga bahsda hisob ochildi. 86-daquqada Temurxo’ja Abduxoliqov jarimadan raqib darvozasini ishg’ol qildi.
Bahsda jamoamiz tomonidan kiritilgan 2 gol offsayd sababli inobatga olinmadi.


