👉 Iqtidorli futbolchilarimiz – Shodiyor Shodiboyev va Ozodbek O‘ktamov bilan shartnoma uzaytirildi. Yangi shartnomaga ko‘ra, 19 yoshli har ikki futbolchimiz 2029-yilning oxiriga qadar “Lokomotiv” vakili hisoblanadi.
Ozodbek O‘ktamov va Shodiyor Shodiboyevga “temiryo‘lchilar” safida mazmunli faoliyat tilab qolamiz. 😎


