Mirko Yelichich: “Eng muhimi natijani qo‘lga kiritdik”

ProLiganing 20-turi doirasida “Aral”ga qarshi bahsdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.

– Avvalo “Aral” jamoasiga kurash uchun rahmat aytmoqchiman. Ularga qarshi hamma o‘yinlarimiz qiyin o‘tdi. Mavsum boshidagi matbuot anjumanida ham aytganimdek, bu maydonda futbol o‘ynash qiyin. Biz holatga qarab, tajribaga tayanishni ma’qul ko‘rdik. Ular to‘p bilan bo‘lganida istalgan holatga tez moslashishadi. Eng muhimi natijani qo‘lga kiritdik. Lekin biz bunday futbolni o‘ynash uchun harakat qilmaymiz. Bu hech qachon kerak emas.

– 6 jamoa o‘ynagan Pro-liganing ushbu mavsumi haqida nima deya olasiz?

– Ha, holat unchalik optimal emas. Oldinlari bir ligada 6 jamoa o‘ynagani haqida eshitmagandim. Bir jamoa bir raqib bilan 4 marta o‘ynashi kerak. Umid qilamanki bu o‘zgarib, holat yaxshilanadi. PFL endi boshqacha yo‘l tutsa kerak. Albatta, bu nimaligini biz bilmaymiz. Mavsum biz uchun og‘ir o‘tdi, har bir o‘yinda qiynaldik. Bir raqib bilan ko‘p o‘ynagandan keyin raqiblar haqida ko‘p ma’lumotlar bo‘lar ekan. Yaxshi-ki, mavsum tugadi va barchasi ortda qoldi.

– “Aral” jamoasidan nimalar kutgandingiz va bular qanchalik amalga oshdi?

– Bu o‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. “Aral” bu yerda maksimal bosim uyushtirishga harakat qiladi. Barcha futbolchilar o‘yinga to‘liq tayyor bo‘lishadi. Shu sababli ko‘p narsalarni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bugun mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak-da, biz uchun bu yetarli bo‘ldi. Bugun ular doimgidan boshqacharoq o‘yin ko‘rsatishdi. Bu o‘yingacha bo‘lgan ruhiy holat bilan bog‘liq. Shu bois istaysizmi yo‘qmi boshqacharoq ishlashga to‘g‘ri keladi. Lekin siz qanchalik reja qilsangiz ham bu stadionda kutganingizdek o‘ynay olmaysiz.